Muallif: Ye.S.Kovrigina, D.D.Pankov, A. A. Puxov
Pediatrning amaliyoti. – 2021. – № 1.
Ishni yuklab olish
Bolalarda o'tkir yuqumli rinit/ rinofaringit, yuqori nafas yo'llarining O‘RIlarini davolash va oldini olishda "Дыши" plastir-ingalyatorining tarkibidagi efir moylarining farmakologik va terapevtik ta'siri ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: dekongestantlar, rinit, bolalar, efir moylari, "Дыши" plastir-ingalyatori
Rezyume. O'tkir rinosinusitni davolash uchun an'anaviy ravishda topikal dekongestantlar qo'llaniladi. Yuqori samaradorligiga qaramay, topikal dekongestantlardan foydalanish bir qator yon ta'sirlar va noxush hodisalar bilan bog'liq: sito - va siliotoksik ta'siri, tizimli simpatomimetik ta'sirlari, "rikoshet" sindromi, dori riniti. Dekongestantlar bilan zaharlanish dorilardan barcha zaharlanishlarning o'rtacha 20-25 foizini tashkil qiladi, deyarli barcha zaharlanishlar erta yoshdagi va maktabga chiqqan kichik yoshdagi bolalar orasida qayd etiladi. O'tkir rinitni simptomatik davolashning muqobil variantlaridan biri efir moylari bilan ingalyatsiya qilish hisoblanadi. Efir moylarining farmakologik va terapevtik ta'sirlari, xavfsizlik masalalari va efir moylarini ingalyatsiya usulida qo'llashning afzalliklari ko'rib chiqilgan. Obzorda bolalarda o'tkir yuqumli rinit/ rinofaringit, yuqori nafas yo'llarining O‘RIlarini davolash va oldini olishda "Дыши" plastir-ingalyatorining tarkibidagi efir moylari kompleksi klinik tadqiqotlarining natijalari keltirilgan. Kompleks komponentlarining xavfsizligi va sinergetik faolligi qayd etilgan, bu esa uni klinik amaliyotda yanada samaraliroq qiladi. Efir moylari kombinatsiyasining reabilitatsiya salohiyati ko'rib chiqilgan.
O'tkir rinosinusitni davolash uchun an'anaviy ravishda topikal dekongestantlar qo'llaniladi. Biroq, ushbu vositalarni uzoq muddat qo‘llash jiddiy salbiy reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, erta va maktabga chiqqan kichik yoshdagi bolalarda qon tomirlarini toraytiruvchi vositalarning dozasi oshirib yuborilganda zaharlanishlar darajasi yuqori bo‘ladi. O'tkir rinitni davolashning muqobil usuli dekongestantlarni qo‘llash marotabasi va davomiyligini kamaytiradigan efir moylari kompleksi bilan ingalyatsiya qilish hisoblanadi.
O'tkir respiratorli infeksiyalarda burun bo'shlig'i shilliq qavatining shikastlanishi 70% dan ortiq hollarda uchraydi, deyarli har doim burun atrofi bo‘shliqlari yallig'lanish jarayoniga jalb qilinadi. Shu sababli, burun bitishi va ko'p miqdorda burun oqishi bilan kechadigan holat "o'tkir rinosinusit" atamasi bilan tavsiflanadi. Ko'pincha bu patologiyada nazal dekongestantlar/antikongestantlar buyuriladi (lot. congectus-to'liq, hajmli). Ularga simpatomimetiklar va selektiv α-adrenomimetiklar kiradi. Bunday preparatlarni burun bo'shlig'iga mahalliy kiritish postsinaptik α1-adrenoretseptorlarni qo'zg'atadi, noradrenalinni chiqaradi, shilliq qavatning qon bilan ta'minlanishini susaytiradi, bu esa shish zo'ravonligining pasayishiga olib keladi [1].
Topikal dekongestantlarni qo‘llash bilan bog'liq xavflar
Yuqori samaradorligiga qaramay, topikal dekongestantlarni qo‘llash sito - va siliotoksik ta'siri, tizimli simpatomimetik ta'sirlari, "rikoshet" sindromi, dori riniti kabi bir qator nojo‘ya hodisalar bilan bog'liq. Mukosiliar klirens buzilishining asosiy sabablari uzoq muddatli qo‘llash va preparatni ortiqcha miqdorda, ya'ni burun shilliq qavatining shishishini kamaytirish va obstruksiyani bartaraf etish uchun zarur bo'lganidan oshib ketadigan miqdorda kiritish hisoblanadi. Dekongestantlarni kiritish muddati 5-7 kun bilan cheklanishi kerak, uzoqroq qo‘llash burun bo'shlig'i shilliq qavati tomirlarining pareziga, nazoratsiz qo‘llash esa - tibbiy rinitning rivojlanishiga olib kelishi mumkin [2]. Har qanday dekongestantni kiritishning tabiiy natijasi qon tomirlarini toraytiruvchi ta'sirni burun shilliq qavatiga qon oqimini kuchaytirish (reaktiv giperemiya) va sekret ajralib chiqishini tiklash bilan almashtirish hisoblanadi. Bu taxifilaksiyaning rivojlanishiga olib keladi - mahalliy antikongestantlarni qo‘llashdan olingan ta'sirni asta-sekin kamaytirish. Qon tomirlarini toraytiruvchi vositalardan uzoq vaqt foydalanishda kirpikli qatlamning normal ishlashining buzilishi va burun shilliq qavatining atrofiyasi bo‘lishi mumkin. Ushbu preparatlar guruhining turli vakillari tizimli ta'sirning og'irligi va natijada tizimli noxush ta'sirlarning chastotasi bilan farq qiladi: nerv-mushaklarning qo'zg'aluvchanligining va/yoki arterial bosimning oshishi, uyquning buzilishi, bosh og'rig'i, asabiylashish, titroq, ishtaha pasayishi.
Mahalliy dekongestantlar bilan zaharlanish
A.F. Fadeyev va V.I. Demchenko ma’lumotlariga ko‘ra, so'nggi yillarda qon tomirlarini toraytiruvchi vositalardan foydalangandan keyin toksik reaksiyalarning chastotasi boshqa dori moddalariga nisbatan oshishi qayd etilmoqda [3]. Burun bo'shlig'ining shilliq qavatiga mahalliy ta'sir ko'rsatadigan va retseptsiz sotiladigan dorilar ro'yxatiga kiritilgan qon tomirlarini toraytiruvchi tomchilar buning natijasida an'anaviy ravishda nisbatan zararsiz hisoblanadi. Mahalliy dekongestantlarning nojo‘ya ta'siri to'g'risida aholining kam xabardorligi, ularning keng erishimliligi, ushbu preparatlarni buyurishda tibbiyot xodimlari tomonidan tegishli nazoratning yo'qligi toksik reaksiyalar chastotasini oshiradi.
Dekongestantlar bilan zaharlanish barcha dori zaharlanishlarining o'rtacha 20-25 foizini tashkil qiladi va har yili ularning chastotasi oshib bormoqda. Deyarli barcha zaharlanishlar erta va kichik maktab yoshidagi bolalarda qayd etiladi. Bolalarda yanada tez-tez uchraydigan intoksikatsiya presinaptik terminallarda adrenomimetiklarni neyronal qayta ishg‘ol etish jarayonlarining yetuk emasligidan va faolsizlashtiradigan fermentlar faollashuvining yetishmasligidan kelib chiqadi. Bu qonda preparat konsentratsiyasining oshishiga va zaharlanish belgilarining paydo bo'lishiga olib keladi. Katexolaminlarni sintez qilish, ishg‘ol etish, saqlash va faolsizlashtirish mexanizmlarining to'liq yetilishi faqat 6-8 yoshga borib sodir bo'ladi, shuning uchun katta yoshdagi bolalar va kattalarda dekongestant dozasini oshirib yuborish belgilari kamroq uchraydi [4]. Bolalarning dekongestantlar bilan zaharlanishining asosiy sababi preparatning nazoratsiz ishlatilishi yoki "kattalar" konsentratsiyasidan foydalanish natijasida yuzaga kelgan dozani oshirib yuborish hisoblanadi. Bolalarda burun bo'shlig'i shilliq qavatining nisbiy maydoni kattalarga qaraganda sezilarli darajada katta bo'lganligi sababli, unga "standart" qon tomirlarini toraytiruvchi vosita miqdori kelib tushganda, emizikli yoshdagi bola kattalarnikiga qaraganda 1 kg tana vazniga 30 baravar yuqori dozani oladi [2]. Zaharlanishning yuqori darajasi kuz-qish davrida qayd etiladi va nafas olish yo'llari infeksiyalari bilan kasallanishning ko'payishiga to'g'ri keladi.
Dekongestantlar bilan zaharlanish ikkita fazada kechadi. 1-fazada umumiy holsizlik, ko'ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, tashvish va qo'rquv hissi qayd etiladi. Teri qatlamlarining o'rtacha oqarishi (periferik tomirlarning spazmi), taxikardiya (miyokardning qisqartirish qobiliyatini kuchayishi) va arterial bosimning oshishi kuzatiladi. Qonda dekongestantlarning konsentratsiyasi oshgani sari zaharlanishning odatiy belgilari bilan 2-faza rivojlanadi: mushaklar gipotoniyasi, teri qatlamlari oqarishining kuchayishi, tana haroratining pasayishi, bradikardiya va boshqalar.
Nojo‘ya ta'sirlarning ko'pligi, dekongestantlardan uzoq muddatli yoki tez-tez foydalanish bilan bog'liq xavflar ularning pediatrik amaliyotda qo'llanilishini minimallashtirish istagini tushuntiradi.
Rinit va rinosinusitni davolashning muqobil usullari
O'tkir rinitni simptomatik davolashning muqobil variantlaridan biri efir moylari bilan ingalyatsiya qilish hisoblanadi. Fitopreparatlardan, ayniqsa essensial moylardan foydalanish uzoq yillik tibbiy an'ana bo‘ladi. So'nggi o'n yilliklarda o'simlik essensiyalarining xususiyatlarini o'rganishga va preparatlarni patentlashga qiziqish tobora ortib bormoqda [5]. Mikroblarga qarshi preparatlarga nisbatan qo‘zg‘atuvchilar sezgirligining pasayishi tufayli muammoning dolzarbligi kuchaymoqda. Ko'p dori-darmonlarga chidamli patogenlarning paydo bo'lishiga olib keladigan va davolash imkoniyatlarini cheklaydigan o'zaro rezistentlik ilmiy jamoatchilikni muqobil variantlarni izlashga undaydi. Efir moylari va ularning tarkibiy qismlari mikroblarga qarshi samaradorlik va qarshilik mexanizmlarini shakllantirishda ishtirok etadigan genlarni modulyatsiya qilish qobiliyati tufayli jiddiy istiqbollarga ega [6].
Y.Lai va boshqalarning eksperimental ishida standartlashtirilgan efir moylarining inson yuqori nafas yo'llari epiteliysining birlamchi kulturalariga farmakologik ta'sirini elektrolitlar tashilishiga, kiprikchalar urish tezligiga, nafas olish yo'llari yuzasida suyuqlikning gidratatsiyasiga va shilimshiqning tashish tezligiga ta'siri bo'yicha baholangan. Standartlashtirilgan efir moylarining bazolateral qo'llanilishi xloridlarning chiqishini ham, kiprikchalarning urish chastotasini ham rag'batlantiradi, bu esa sinergik ta'sirga olib keladi va mukosiliyar tashish tezligini keskin oshiradi. Ushbu ma'lumotlar in vitro respirator yallig'lanish kasalliklarida fitofarmasevtikaning klinik samaradorligini asoslab beradi [7].
Yaqinda nashr etilgan tizimli obzorga efir moylarining terapevtik xususiyatlarini o'rganishga bag‘ishlangan 914 nashrdan 13 tasi kiritilgan. Eng muhim immunofarmakologik mexanizmlar sifatida sitokinlarni ishlab chiqarishni tartibga solish, kislorodning faol shakllari to'planishini ingibitsiya qilish, eozinofillar migratsiyasini faolsizlashtirish, nafas yo'llari va o'pka to'qimalarini qayta qurish, FOXP3 gen ekspressiyasini modulyatsiya qilish, nafas yo'llarida yallig'lanish hujayralarini tartibga solish va yallig'lanish mediatorlari chiqarilishini kamaytirish ko‘rib chiqilgan [8]. Bundan tashqari, ushbu meta-tahlilda bronxial astmada o'simlik efir moylari va tegishli faol birikmalardan foydalanishga bag'ishlangan 4 ta ish ta'kidlangan bo'lib, ular ushbu turdagi davolanishning samaradorligi va yaxshi ko‘tara olinishini tasdiqlagan. Ma'lum bo'lishicha, efir moylari yallig'lanishni chaqiradigan (TNF-α, IL-1β, IL-8), Th 17 (IL-17), yallig'lanishga qarshi (IL-10), Th 1 (IFN-γ, IL-2, IL-12) va Th 2 (IL-4, IL-5, IL-6, IL-13) sitokinlarning chiqarilishini modulyatsiya qilish va yallig'lanish hujayralarining to'planishini bostirish orqali astma uchun potensial terapevtik faollikka ega ekan. Fitopreparatlardan, shu jumladan ingalatsiya shaklidan foydalanganda allergik reaksiyalarning paydo bo'lishi bilan bog'liq asossiz xavotirlar fon allergik kasalliklari bo'lgan bir guruh bemorlardan iborat ko'plab tadqiqotlar bilan bartaraf etilishi mumkin. Broxial astma bilan og'rigan bemorlarda uchuvchan organik birikmalar va efir moylari tarkibidagi terpenlarning ta'siri baholangan va klinik yaxshi ko‘tara olinadi degan xulosa qilingan [9]. Efir moylariga asoslangan preparatlarni qo'llashga bag'ishlangan mahalliy ishlarda allergiyasi bo‘lgan bemorlarda ham nojo'ya ta'sirlari topilmagan. Xususan, 30 kun davomida mahalliy preparat – "Дыши" efir moylari kompozitsiyasi ingalyatsiya olgan bolalarda, shu jumladan allergik kasalliklari bo‘lgan bolalarda nojo'ya reaksiyalar va noxush ta'sirlar qayd etilmagan [10]. Chet ellik hamkasblar ham allergiya va/yoki astma bilan og'rigan bemorlarda xonadagi havoni dezinfeksiya qilish uchun uchuvchan o'simlik birikmalarini qo'llash bo'yicha tajriba almashmoqdalar. Ushbu bemorlar nafas chiqariladigan fraksion azot oksidini o'lchash, metaxolinni provokatsiya qilish bilan o'pka funksiyasini baholash (PD20) va astma nazorati bo'yicha so'rovnoma bilan tekshirish orqali ko‘rikdan o‘tkazilganda 1 oy davomida uchuvchan o'simlik moylari bilan nafas olgandan keyin barcha parametrlar bo‘yicha farqlar aniqlanmagan [11].
Efir o'simlik moylarini ingalyatsiya orqali qo‘llash bir qator afzalliklarga ega:
- usulning xavfsizligi va qulayligi uni barcha yoshdagi bolalarda qo‘llashga imkon beradi;
- dori vositasi mutlaqo fiziologik tarzda kiritiladi (nafas olayotgan havo bilan birga);
- nafas olish tizimining shilliq qavatiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilishi, turg'un va yallig'lanish reaksiyalarini to'xtatish;
- yog' mikrozarrachalarining shilliq pardalarga yumshatuvchi ta'siri;
- burun bo'shlig'ida dori vositalarini uzoq muddat qo'llash bilan rivojlanadigan shilliq qavatning tirnalish va terining matseratsiyasi darajasini pasaytirish.
Dorivor xususiyatlarga ega va preparatlarni yaratish uchun eng ko'p ishlatiladigan o'simliklardan foydalanish bir qator hujjatlar, shu jumladan tibbiy yordam standartlari bilan tartibga solinadi. Efir moylari, ayniqsa yalpiz va evkalipt moylari aerozollari tarkibidagi fitontsidlar ta'sirida o'tkir respirator kasalliklarni davolash va oldini olishning ijobiy natijalari qayd etilgan. Burun-halqum patologiyasi va limfoid to'qima gipertrofiyasi bo'lgan bolalarga evkalipt damlamasi bilan ingalyatsiya tavsiya etiladi [12]. Dorivor va xushbo‘y o'simliklar ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi ta'lim muassasalari uchun maxsus fitomodullarni ishlab chiqdi va sinovdan o'tkazdi, ularning har birining tarkibida yalpiz mavjud [13].
Ilmiy adabiyotlarga ko'ra, lavanda va yalpiz efir moylari va ularning asosiy tarkibiy qismlari sinusitni qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan eng aniq isbotlangan ta'sirga ega [14]. Shuningdek, levomentolni ingalyatsiya vositalari tarkibiga kiritish ham asoslangan, chunki mentol bug'larini nafas olayotganda yuqori nafas yo'llarining sovuq retseptorlarini rag‘batlantirish noqulaylik hissini kamaytiradi va shu bilan burun orqali nafas olishni osonlashtiradi [15]. D.Thakur va boshqalar ilmiy tadqiqotining xulosalariga ko‘ra, qalampir yalpiz moyi eng ko'p o'rganilganlardan biri hisoblanadi: komponentlarning ta'sir qilish mexanizmi yaxshi ma'lum, shu o‘rinda nafas olish yo'llariga yog'larning kirib borishi ignabarglilar moylarida terpen komponentlarining borligi bilan kuchayadi [16].
Shubhasiz, o'simlik hidlarini taqlid qiladigan sintetik analoglar bunday yorqin dorivor xususiyatlarni namoyish eta olmaydi. O'simlik oilalarining har bir vakilining o'ziga xos navlaridan ajratilgan faqat tabiiy efir moylari isbotlangan ta'sirga ega [17, 18].
Rinitni kompleks davolashda ishlatiladigan istiqbolli vositalardan biri bu nafas olish paytida burun bo'shlig'iga aromatik moddalarni inhalatsiyalangan passiv kiritish uchun mo'ljallangan "Дыши" plastir-ingalyatori ("AKVION" AJ) kabi tibbiy mahsuloti hisoblanadi.
Plastir shimitilgan tarkibda tabiiy efir moylari kompozitsiyasi mavjud: yalpiz, evkalipt, archa, lavanda, terpentin moylari, shuningdek levomentol. Ushbu tabiiy uchuvchan moylar viruslarga qarshi, antibakterial, yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi va tetiklashtiruvchi xususiyatlarga ega. Moylar bir-birining ta'sirini kuchaytirib, butun fitokombinatsiyaga ustunlik beradi. Efir moylarining faol komponentlari - flavonoidlar, fenilpropanoidlar, monoterpenlar va polito'yinmagan Omega-6 yog' kislotalari.
"Дыши" plastir-ingalyatorini qo‘llash qulay: uni bolaning kiyimiga ko'krak qafasi sohasiga yoki uxlash joyi yaqiniga (masalan, karavotining bosh tomoniga) yopishtirishning o‘zi kifoya. Himoya qoplamasi olib tashlangandan so'ng, efir moylari plastir uzasidan 8 soat davomida bug'lanishni boshlaydi.
Klinik amaliyotda plastir-ingalyatorni qo'llash tajribasi
Ye.I. Danilova va boshqalar bilan hammualliflikda olib borilgan tadqiqotda, bolalarda o'tkir respirator kasalliklarni kompleks davolashda ishlatilganda "Дыши" plastir-ingalyatorining aniq klinik samaradorligi namoyish etilgan. Qon tomirlarini toraytiruvchi preparatlarga bo'lgan ehtiyojning 48 foizga kamayishi qayd etilgan. Plastirdan foydalanish burun bitishini kamaytirishga yordam berdi: o'rganilayotgan guruhdagi bolalarda ("Дыши" plastiridan foydalangan holda) davolashning 6-kuniga kelib burun orqali nafas olish qiyinlashishining og‘irligi standart terapiya fonida 1,5 baravar past bo‘lgan. Bemorlarni kuzatish jarayonida nazorat guruhiga nisbatan "Дыши" plastirini qo'llash guruhida davolanishning 6–kuniga kelib tungi va kunduzgi yo'tal chastotasining 1,9-2,1 baravar kamayganligi qayd etilgan [19].
E.E.Lokshina va hammualliflar bolalarda o'tkir respirator kasallikni davolashda "Дыши" plastir-ingalyatorining xavfsizligi, ko‘tara olinishi va terapevtik samaradorligi baholangan. Kasallikning dastlabki kunlaridan boshlab "Дыши" plastir-ingalyatorini tayinlash bir qator mahalliy va umumiy simptomlarni bartaraf etishga yordam bergan. Dastlabki soatlardan boshlab burun orqali nafas olishning yaxshilanishi 90% hollarda kuzatilgan, 75% bolalarda kun davomida qon tomirlarini toraytiruvchi preparatlarni qo'shimcha tayinlash talab etilmagan. Bolalarning aksariyat qismida (95%) tunda qon tomirlarini toraytiruvchi preparatlarni ishlatish zarurati bo‘lmagan, bu bemorlar va ularning ota-onalari uchun tinch uyquni ta'minlagan. "Дыши" plastiri yordamida efir moylari bilan ingalyatsiyaning 7-chi kuniga kelib 95% bemorlarda kataral simptomlarning tezda bartaraf etilishi, umumiy simptomlarning to'liq bartaraf etilishi kuzatilgan. Shu bilan birga, nazorat guruhida 1 haftalik kuzatuvdan so'ng bemorlarning atigi 20 foizi yengillikni his qilgan [20].
N.E.Boykovaning [21] klinik tadqiqotida qayd etilgan "Дыши" plastir-ingalyatorini qo‘llash fonida qon tomirlarini toraytiruvchi preparatlarni buyurishga bo'lgan ehtiyojining sezilarli darajada pasayishi bemorga tushadigan dori yukini va noxush hodisalar sonini kamaytirgan.
N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti negizida o‘tkazilgan bolalarda o'tkir yuqumli rinit/rinofaringitni davolashda "Дыши" plastir-ingalyatorining samaradorligi va xavfsizligini o'rganish tadqiqoti, foydalanishning 3-kunida nazorat guruhiga nisbatan uyqu sifatini umumiy baholashda statistik jihatdan sezilarli farqni ko'rsatgan. Kuzatuv davrida nazorat guruhidagi bemorlarning 10 foizida rinitning asoratlari paydo bo'lgan, bu "Дыши" plastirini ishlatadigan guruhda qayd etilmagan. Plastir-ingalyatordan foydalangan bolalar nazorat guruhidan oldin ta'lim muassasalariga borishni davom ettirishgan [22].
Yuqoridagi barcha tadqiqotlarda "Дыши" plastir-ingalyatori bolalar tomonidan yaxshi ko‘tara olingan, plastirdan foydalanganda allergik va boshqa nojo'ya reaksiyalar qayd etilmagan. Ota-onalar va bolalar plastir ishlatish uchun qulay ekanligini ta'kidlaganlar, chunki u ingalyatsiya uchun asboblardan foydalanishni talab qilmaydi. Bunday invaziv bo'lmagan va kontaktsiz usul bolalarda o'tkir respirator infeksiyalarni davolashning tarkibida tavsiya etilishi mumkin, chunki u rinosinusitning kechishini yengillashtiradi.
Efir moylari kombinatsiyasining reabilitatsiya salohiyati
Fitoterapevtik vositalardan ingalyatsiya usulida foydalanishning reabilitatsiya komponentini ham ta'kidlash muhim. Efir moylari ta'sirining bunday natijasi burun bo'shlig'ining shilliq qavatini regeneratsiya qilish va uning funksional faolligini tiklash maqsadida profilaktik foydalanishda olingan [23]. Rinogramma ma'lumotlariga ko'ra, aromaterapiya fonida maktabgacha yoshdagi bolalarning 66,7 foizida ijobiy dinamika kuzatilgan: leykositlar soni kamaygan, neytrofillar va faol fagotsitoz belgilari bo'lgan hujayralar soni kamaygan. Burun-halqum tomonidan patologik simptomlarni dinamik nazorat qilish ma'lumotlari aromaterapiyaning muhim reabilitatsiya natijasiga kuzatuvning 1-oyi oxirida erishilganligidan dalolat bergan.
Mahalliy tiklovchi ta'siridan tashqari, tabiiy efir moylari umuman organizmning moslashish qobiliyatiga ta'sir qiladi. Ushbu hodisaning mexanizmi D.D.Pankovning [24] tez-tez kasal bo'ladigan bolalarning sog'lig'ini yaxshilashga bag'ishlangan nashrida batafsil bayon etilgan. Respirator kasallikning o'tkir bosqichida ham, burun bo'shlig'ining shilliq qavatiga kirganda, efir moyi molekulalari hid bilish nerv retseptorlariga ta'sir qiladi, ular esa o'z navbatida hid bilish nervi bo'ylab limbik tizimga o'tadigan bioimpuls bilan javob beradi [25]. Limbik tizim organizmning tashqi muhitga yetarli darajada moslashishini: adaptatsiyasi va saqlanib qolinishini ta'minlaydigan vegetativ va somatik reaksiyalarni ishga tushiradi. Shunday qilib, burun bo'shlig'ining shishishini bartaraf etish uchun simptomatik qon tomirlarni toraytiruvchi preparatlar o'rniga tabiiy ingalyatsiya moylarini afzal ko'rib, biz bir vaqtning o'zida burun bo'shlig'i shilliq qavatining sanatsiyasini va rag'batlantirilishini ta'minlaymiz. Bunday yumshoq va fiziologik yondashuv nafaqat mahalliy ijobiy ta'sirni ko‘rsatadi, balki organizmning sanogenetik faolligini oshiradi va respirator infeksiyalarining qaytalanish ehtimolini kamaytiradi.
Xulosa
"Дыши" plastir-ingalyatorining tarkibiga kiruvchi viruslarga qarshi, antiseptik va tetiklashtiruvchi ta'sirga ega tabiiy efir moylari majmuasi dastlabki bosqichlarda burun oqishining rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, burun bo'shlig'ining shishishini yengillashtiradi va qon tomrilarni toraytiruvchi preparatlarga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi. Burun bo'shlig'iga tomizish yoki purkashni talab qilmaydigan efir moyi bug'lari bilan nafas olish burun shilliq qavatini bezovta qilmaydi yoki quritmaydi, past reaktogenlikka ega. Xavfsizligi va foydalanish qulayligi shifokor va ota-onalarning parvarishga muhtojlarni sog'lig'i haqida qayg'urishini osonlashtiradi.
Adabiyotlar
- Lindermann J., Leiacker R., Wiesmiller K. et al. Immediate effect of benzalkonium chloride in decongestant nasal spray on the human nasal mucosal temperature // Clinical Otolaryngology. 2004. Vol. 29. No. 4. P. 357–361.
- Radsig Ye.Yu., Yermilova N.V., Sapaeva N. V., Bogomilskiy M. R. Bolalarda o'tkir rinitni simptomatik davolashda topikal dekongestantlarga alternativa / / Zamonaviy pediatriya masalalari. 2007. B. 6. № 5. 92-95 b.
- Fadeyev A.A., Demchenko V.I. Bolalarda nazal qon tomirlarini toraytiruvchi preparatlar bilan o'tkir zaharlanish / / Bolalar shifoxonasi. 2007. № 1. 41-44 b..
- Kovrigina Ye.S., Pankov D.D. Tez-tez kasal bo'ladigan bolalarda nafas olish yo'llari infeksiyalarini oldini olish konsepsiyasi // Pediatr amaliyoti. 2014. № 5. 9-12 b.
- Oliveira T.S., de Lima Silva V., Assunção L.S. et al. A patent data analysis in nanotechnology applied to essential oils // Recent Patents on Nanotechnology. 2021. Feb 16. DOI: 10.2174/ 1872210515666210217090541.
- Evangelista A.G., Corrêa J.A.F., Pinto A.C.S.M., Luciano F.B. Th e impact of essential oils on antibiotic use in animal production regarding antimicrobial resistance – a review // Critical Reviews in Food Science and Nutrition. 2021. Feb 8. P. 1–17. DOI: 10.1080/10408398.2021.1883548.
- Lai Y., Dilidaer D., Chen B. et al. In vitro studies of a distillate of rectifi ed essential oils on sinonasal components of mucociliary clearance // American Journal of Rhinology & Allergy. 2014. Vol. 28. No. 3. P. 244–248. DOI: 10.2500/ajra.2014.28.4036.
- Gandhi G.R., Vasconcelos A.B.S., Haran G.H. et al. Essential oils and its bioactive compounds modulating cytokines: a systematic review on anti-asthmatic and immunomodulatory properties // Phytomedicine. 2020. Vol. 15. No. 73. P. 152854. DOI: 10.1016/j.phymed.2019.152854.
- Caimmi D., Neukirch C., Demoly P. Essential oils: what is the clinical tolerance in asthmatic patients? // Journal of Asthma. 2021. Vol. 12. P. 1–5. DOI: 10.1080/02770903.2021.1888975.
- Azova Ye.A., Vorobyova V.A., Azov N.A. va boshqalar Bolalarda o'tkir respirator kasalliklarni oldini olish va kompleks davolashda efir moylari bilan ingalyatsiya // Pediatr amaliyoti. 2013. № 2.
- Levy J., Neukirch C., Larfi I. et al. Tolerance to exposure to essential oils exposure in patients with allergic asthma. J Asthma. 2019. Vol. 56, No. 8. P. 853–860. DOI: 10.1080/02770903.2018.1493601.
- Kuchma V.R. Bolalar va o'smirlar gigienasi. M.: GEOTARMedia, 2008.
- Bobrishcheva-Pushkina N.D., Popova O.L, Kuznesova L.Yu., Silaev A.A. Bolani maktabgacha ta'lim muassasalarida bo'lishga moslashtirish. Pediatrning roli / / Pediatr amaliyoti. 2008. Oktyabr. 66-72 b.
- Karaca N., Demirci B., Demirci F. Evaluation of Lavandula stoechas L. subsp. stoechas L., Mentha spicata L. subsp. spicata L. essential oils and their main components against sinusitis pathogens // Journal of Biosciences: Zeitschrift für Naturforschung C. 2018. Vol. 73. No. 9–10. P. 353–360. DOI: 10.1515/znc-2017-0150.
- Nishino T., Tagaito Y., Sakuray Y. Nasalinhalationof l-menthol reduces respiratory discomfort associated with loaded breathing // American Journal of Respiratory and Critical Care Medicine. 1997. Vol. 156. P. 309–313.
- Th akur D., Kaur G., Puri A., Nanda R. Th erapeutic potential of essential oil based microemulsions: Reviewing state-of-the-art // Current Drug Delivery. 2021. Feb 17. DOI: 10.2174/15672018186 66210217161240.
- Végh A., Bencsik T., Molnár P. et al. Composition and antipseudomonal eff ect of essential oils isolated from diff erent lavender species // Natural Product Communications. 2012. Vol. 7. No. 10. P. 1393–1396.
- Garzoli S., Masci V.L., Caradonna V. et al. Liquid and vapor phase of four conifer-derived essential oils: comparison of chemical compositions and antimicrobial and antioxidant properties // Pharmaceuticals (Basel). 2021. Vol. 14. No. 2. P. 134. DOI: 10.3390/ph14020134.
- Danilova Ye.I., Trusova O.Yu., Sumenko V.V. va boshqalar O'tkir respirator kasalliklari bo'lgan bolalarda efir moylari ingalyatsiyasidan foydalanish samaradorligi // Doktor. Ru. 2017. № 4 (133).
- Lokshina E.E., Richkova T.I., Zayseva O.V. Bolalarda o'tkir respirator kasalliklarda efir moylari bilan ingalyatsion terapiyaning yangi imkoniyatlari / / TK. 2018. № 2.
- Boykova N.E., Garashchenko T.I. Bolalarda virusli rinosinusitlarni davolashda efir moylaridan foydalanishning ratsionalligi // Davolovchi shifokor. 2018. № 9. 36-41 b.
- Radsig E.Yu., Yermilova N.V., Zavaroxin S.I., Yevsikova M.M. Yuqumli rinit: burun orqali nafas olishni normallashtirishni tezlashtirish mumkinmi? // Pediatriya. 2016. № 95 (5). 86-90 b.
- Chernaya N.L., Shubina Ye.V., Ganuzina G.S. va boshqalar. Bolalar maktabgacha ta'lim muassasasi sharoitlarida bolalarni sog'lomlashtirish uchun aromaterapiyadan foydalanish tajribasi // Pediatriya. 2012. № 3.
- Pankov D.D., Kovrigina Ye.S., Klyuchnikova I.V O‘tkir respirator kasalliklarni oldini olishda ingalyatsion preparatlarni qo'llashning patogenetik ahamiyatiga yangi nuqtai nazar // Davolovchi shifokor. 2016. № 9. 63-66 b.
- Schnaubelt K. Healing intelligence of essential oils: the Science of Advanced Aromatherapy. Rochester: Healing Arts Press, 2011.