supermom_test
Biz bilan bog‘lanish

Bolalarda o‘tkir respirator kasalliklarni majmuaviy davolashda efir moylarini qo‘llash imkoniyatlari

АО «АКВИОН»


Muallif: Ye.P. Karpova, Ye.Ye. Vagina
Rossiya perinatologiya va pediatriya xabarnomasi. - 2016. - № 1
Ishni yuklab olish

O‘tkir respirator kasalliklar bolalarda eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘tkir respirator kasalliklarni davolash va ularni oldini olish uchun dori preparatlarining ulkan tanloviga qaramasdan, maqsadi o‘tkir respirator kasalliklari bo‘lgan bolalarni davolashning samaradorligini oshirish hisoblanuvchi tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.



Maqsad: "Дыши" qizdiruvchi gelni qo‘llash bilan bolalarda o‘tkir rinosinusitlarni davolashning klinik samaradorligini oshirish. 

Yengil darajadagi og‘irlikdagi o‘tkir rinosinusiti bo‘lgan 3 yoshdan 7 yoshgacha 60ta bolalar kuzatuv ostida bo‘lgan. Bolalar 30 kishidan ikki guruhga bo‘lingan: 1-guruhdagi bolalar standart majmuaviy davolashga qo‘shimcha bolalar uchun "Дыши" qizdiruvchi gelni olgan; 2-guruhdagi bolalar faqat standart majmuaviy davolashni olishgan. Klinik samaradorlikni baholash kasallikni asosiy simptomlarini balli baholash dinamikasi asosida o‘tkazilgan. Majmuaviy davolash tarkibida bolalar uchun "Дыши" qizdiruvchi gelni qo‘llash yengil daraja og‘irlikdagi o‘tkir rinosinusitlarni davolashning klinik samaradorligini oshiradi, kasallikning asosiy simptomlarini tezroq susaytirish, davolash muddatlarini qisqartirish, dekongestantlarni qo‘llash hajmini pasaytirish imkonini beradi, asoratlar yuzaga kelish xavfini pasaytiradi. "Дыши" gelini qo‘llash fonida o‘zlashtirmaslik yoki allergiyaning hech bir holatlari kuzatilmagan. Bolalar uchun "Дыши" qizdiruvchi geli burundan nafas olishni yengillashtiradi, burun shilliq qavatini shishishini va yo‘talning yaqqolligini kamaytirishga yordam beradi, bu uni bolalarda rinosinusitni majmuaviy davolashda qo‘llash uchun tavsiya qilish imkonini beradi. 

Asosiy so‘zlar: bolalar, rinosinusit, bolalar uchun "Дыши" qizdiruvchi geli, efir moylari.

Bolalarda o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI) kasallanishlarni yuqori tarqalganligini saqlanib qolishi munosabatida ushbu muammo dolzarb bo‘lib qolmoqda va avvalgidek pediator-shifokorlarda katta qiziqishni uyg‘otib kelmoqda. O‘RVI davolash va ularni oldini olish uchun dori preparatlarining ulkan tanloviga qaramasdan, maqsadi bolalarni davolashning samaradorligini oshirish hisoblanuvchi tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda. 

O‘RVI bilan yuqori kasallanish darajasi, ayniqsa, 2-5 yosh bolalarda, bolaning va uning oilasining turmush sifatini pasaytiradi. Bolalarda ko‘rsatib o‘tilgan kasalliklarning barcha holatlari o‘rtasida tez-tez kasal bo‘ladigan bolalar ulushi 67,7-75% ni tashkil qiladi, uyushgan jamoalarga tashrif buyuruvchi erta va maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida tez-tez kasal bo‘ladiganlar guruhi 40%dan ortig‘ini tashkil qiladi [1]. O‘RVI kasallanishning ahamiyatli darajasi bolalarning, ayniqsa erta yoshdagi bolalarning, ushbu infeksiyalarning qo‘zg‘atuvchilariga, etiologik agentlarning katta ko‘p sonli turli-tumanligi, hamda havo-tomchi yo‘l bilan uzatilishiga yuqori moyilkorlik bilan ifoda etilgan.

O‘RVI qo‘zg‘atuvchilari uchun kirish joyi bo‘lib tepa nafas olish yo‘llarining (burun, tomoq, halqum) shilliq qavati hisoblanadi. Respirator viruslar respirator yo‘lning tepa bo‘limlariga epiteliy hujayralari kirib borib, faol tarzda replikatsiya qilishni boshlaydi. Viruslarning ko‘payishi sitopatik samara bilan kuzatib boriladi, uning yaqqollik darajasi qo‘zg‘atuvchining xususiyatlari bilan ifoda etilgan [2, 3]. Respirator yo‘lning shilliq qavatida bunda qon tomir devorlarini o‘tkazuvchanligi oshirilishi va kuchaytirilgan ekssudatsiyali vazodilatatsiya bilan kuzatib boriluvchi shamollash rivojlanadi. Ushbu jarayonlarning klinik belgilari bo‘lib kataral simptomlar (tumov, yo‘tal, tanglay bodomsimon bezlarining, tomoqning shilliq qavatini giperemiyasi va boshqalar) hisoblanadi. 

O‘RVI bo‘lgan bolalarni davolash bolaning yakka xususiyatlariga va kasallikni klinik suratiga bog‘liq holda quriladi. Shunday qilib, nomaqbul premorbid foni bo‘lgan bolalarda, holatga bog‘liq bo‘lmagan holda, hamda infeksiyaning og‘ir variantlari bo‘lgan patsientlarda nafaqat simptomatik preparatlarning qo‘llanilishi ko‘rsatilgan, balki viruslarga qarshi preparatlarning (interferonlar, endogen interferon induktorlari va boshqalar) qo‘llanilishi ko‘rsatilgan. O‘RVIning yengil formalarida bolalarni davolash, odatda, simptomatik vositalarni tayinlash bilan cheklanadi. Shuni ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda har xil simptomatik preparatlarning (isitma tushiruvchi, yo‘talga qarshi, balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik, qon tomirlarni toraytiruvchi) bolalarda tanlash algoritmlari va qo‘llash xususiyatlari faol muhokama qilib kelinmoqda. 

Amaliy tibbiyotda hozirgi kunda bolalarda O‘RVI davolash va uni oldini olishga ko‘pgina medikamentoz va nomedikamentoz vositalar, usullar va yondashuvlar qo‘llanilib kelinmoqda, biroq reabilitatsiya ta’sirini tanlash va ularni samaradorligini baholash haqidagi yagona fikrlar mavjud emas [2–5]. Albatta, davolashda yuqori samaradorlikka faqat ta’sir vositalarini maqbul va minimal yetarlicha to‘plamlarini tanlash bilan har bir patsientni reabilitatsiyasiga yakka yondashuvda erishish mumkin. Zamonaviy sog‘liqni saqlashning dolzarb yo‘nalishi bo‘lib bola organizmining funksional zaxiralarini oshiruvchi va nafas olish a’zolari kasalliklarini davolashga nisbatan yuqori klinik samaradorlikka ega bo‘lgan amaliyotga xavfsiz tibbiyot texnologiyalarini tatbiq qilish hisoblanadi. 

Bolalarda o‘tkir respirator kasalliklarni davolash va ularni oldini olish usullarini tanlash prinsiplari bo‘lib, isbotlangan samaradorlik bilan bir qatorda, ushbu yosh davrida ancha keng tarqalgan patologik holat xavfsizligi va unga ta’sir etilishi hisoblanadi. Maktabgacha bolalarda tez-tez uchraydigan kasalliklarning yetakchi patofiziologik asoslaridan biri bo‘lib mahalliy himoya omillarini samaradorligini pasayishi hisoblanadi [2, 3, 5]. Aynan, shuning uchun, mahalliy usullarni qo‘llash, xususan, antiseptik, viruslarga qarshi, bakteritsid va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lgan efir moylari asosidagi preparatlar O‘RVI bo‘lgan bolalarni davolashda alohida e’tiborga loyiqdir [3–7]. 

Oxirgi o‘n yil ichida o‘tkazilgan ko‘p sonli klinik tadqiqotlarning ma’lumotlariga asosan, antibakterial, viruslarga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, tektiklashtiruvchi, nafas olishni yengilliashtiruvchi, immunomodulyatsiya qiluvchi ko‘p tarmoqli ta’sir ko‘rsatuvchi efir moylari aralashmasi bilan ingalyatsion davolash usuli hisoblanadi [1–3]. Efir moylarini qo‘llashga qiziqish Misr, Xitoy, Hindiston, Gresiyaning qadimgi sivilizatsiyalari davridayoq paydo bo‘lgan. Ko‘p yillar davomida tabiiy efir moylari nafaqat estetik taassurotlarni keltirib chiqaruvchi preparatlar sifatida, balki davolash maqsadlarida ham qo‘llanilgan [4, 8]. 

Efir moylarining mikroblarga qarshi ta’siri patogen mikroblarning deyarli barcha guruhlariga, shu jumladan antibiotiklarga turg‘un shtammlarga ham tarqaladi. Bir qator mualliflarning ta’kidlashicha, efir moylarining bug‘larini ta’siri ostida nafas olish yo‘llarining mikroflorasini sifat tarkibi yaxshilanadi, terining mikroblar bilan urug‘lanib ketishi va autofloraning patogenligi pasayadi. Efir moylari T-hujayralarni, mahalliy A immunoglobulin, alveolyar makrofaglarni sintezini faollashtirib, gumoral va hujayrali immunitetni rag‘batlantiradi. 

Bundan tashqari, o‘tkir nafas olish yo‘llari infeksiyalarini oldini olish va ularni davolash uchun qo‘llaniluvchi efir moylarini qo‘llash bilan ingalyatsiya usullarida bir qator ijobiy jihatlar ham bor: usulning xavfsizligi va qulayligi, bu uni barcha yosh guruhlaridagi bolalarda qo‘llash imkonini beradi; dori vositasining maksimal fiziologik yuborilishi - nafas olinayotgan havo bilan birga; nafas olish a’zolarining shilliq qavatiga bevosita ta’sir, turg‘un va yallig‘lanish reaksiyalarini susaytirish; moyning mikrozarralarini shilliq qavatga yumshatuvchi ta’siri. 

Passiv ingalyatsiyalar uchun efir moylari preparati misoli bo‘lib Дыши Moyi ("AKVION" YOAJ, Rossiya) hisoblanadi. Uning tarkibiga o‘simliklardan olingan tabiiy toza: yalpiz, evkalipt, kaeput, vintergrin, archa, qalampirmunchoq va levomentol efir moylari kiradi. Ko‘p sonli klinik tadqiqotlarning natijalari tepa nafas olish yo‘llarining o‘tkir infeksiyalarida ushbu moylarning qo‘llanilishini ijobiy samarasini isbotlab bermoqda. "Дыши" tabiiy efir moylari majmuasining ta’siri uning komponentlarini xususiyatlari bilan ifoda etilgan. 

Masalan, O‘RVI bo‘lgan patsientlarda evkalipt moyining qo‘llanilishi bosh og‘rig‘i, burun bitishi, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanishini yaqqolligini pasayishiga va bemorning umumiy holatini yaxshilanishiga olib keladi [4]. Bundan tashqari, evkalipt moyi antibakterial va viruslarga qarshi faollikka ega [5]. 

Mentol bug‘larini ichga nafas olishda sodir bo‘luvchi tepa nafas olish yo‘llarining sovuq retseptorlariga ta’sir qilish noqulaylik hissini pasaytiradi va shu bilan burundan nafas olishni yengillashtiradi [6]. 
Yalpiz moyining yallig‘lanishga qarshi samarasi sog‘lom ko‘ngillilarning monotsitlari bilan tajribada ko‘rsatilgan: yalpiz moyi va mentolning qo‘llanilishi monotsitlar tomonidan yallig‘lanish mediatorlarini hosil qilinishi susaytirilishiga olib keldi [5, 6, 8]. Antibakterial samarani kaeput moyi ham beradi. Antibiotiklar bilan majmua ikkala preparatlarning mikroblarga qarshi saramasini o‘zaro kuchaytiradi [7-10]. 
Archa moyi antibakterial xususiyatga ega, ammo juda yuqori konsentratsiyalarda (8%dan), biroq ahamiyatli fungitsid faollikni 0,39%dan konsentratsiyada namoyish qiladi [8], bu tepa nafas olish yo‘llarini mikozini majmuaviy davolashda qo‘llanilishi mumkin. 

"Дыши" efir moylari majmuasining muhim farqlovchi xususiyati bo‘lib har kuni qo‘llashda kurs davomiyligini cheklovlari mavjud emasligi hisoblanadi. 

Yuqorida tavsiflangan ma’lumotlarga tayangan holda, fitoterapevtik dori preparatlari, xususan, "Дыши" efir moylari kompozitsiyasining O‘RVIni majmuaviy davolashda qo‘llanilishi haqida so‘z yuritish mumkin. Preparatning yallig‘lanishga qarshi faolligini hisobga olgan holda, uning komponentlarining antibakterial ta’siri, hamda topik va tizimli ta’sir etuvchi antibakterial vositalar bilan birgalikda qo‘llash imkoniyatini hisobga olgan holda, bolalarda O‘RVIni majmuaviy davolash komponenti sifatida "Дыши" efir moylari majmuasini qo‘llashni tavsiya qilish lozim. Bundan tashqari, "Дыши" moylarini qo‘llash bilan aromadavolash nafaqat nafas olish yo‘llarini tepa bo‘limlari holatiga, balki bolaning psixik funksiyalarning, turmush sifatiga va moslashuvchan maqomini uyg‘unlashishiga ahamiyatli maqbul ta’sir ko‘rsatadi [11]. 

Rinosinusit - burun bo‘shlig‘i va burun atrofidagi bo‘shliqlarning shilliq qavatiga ta’sir etuvchi yallig‘lanish jarayoni. O‘tkir rinosinusit u bilan nafaqat otorinolaringolog-shifokorlar, balki terapevtlar, pediatrlar va umumiy amaliyot shifokorlari ham duch keladigan kasallik hisoblanadi. Adabiyotlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada o‘tkir rinosinusit bilan har yili 10 mln.dan ortiq odam aziyat chekadi. Bolalardagi o‘tkir rinosinusit burun bitishi/burun orqali nafas olishning qiyinlashishi, va/yoki burundan rangsiz/och ajratmalarning kelishi, va/yoki yo‘tal (kunduzgi yoki tungi vaqtdagi) kabi ikki yoki undan ortiq simptomlarning to‘satdan bo‘lishi bilan aniqlanadi. Simptomlar 12 haftadan ortiq bo‘lmagan muddatda saqlanib qoladi, bunda simptomlarsiz oraliqlar ham kuzatilishi mumkin, ularning davomida, agar kasallik qaytalanuvchi tusga ega bo‘lsa, simptomlar mavjud bo‘lmaydi. 

Isbotlovchi tibbiyot ma’lumotlarga asoslangan EP3OS (European position paper on rhinosinusitis and nasal polyps 2012) zamonaviy tavsiyalarga binoan o‘tkir rinosinusitlarda burun bo‘shlig‘idan sekretni chiqarilishini yengillashtirish maqsadida tuzli eritmalar bilan nazal dushlarni qo‘llash zarur (rinosinusitning shaklidan qat’iy nazar). Tavsiyalarda asosiy rol 12 yosh va undan katta yoshdagi bolalarda viruslardan keyingi va bakterial rinosinusitni davolashda intranazal glyukokortikosteroidlar ko‘rinishida yallig‘lanishga qarshi davolashga beriladi. Tizimli antibakterial davolashni qo‘llashning aniq chegarasi ham belgilab berilgan (faqat o‘tkir bakterial rinosinusitda). Biroq, EP3OS mualliflari o‘zlarining bolalarda o‘tkir rinosinusitni davolash bo‘yicha tavsiyalarida bir qator savollarga javob bermaydi. Shunday qilib, qaysi preparatlarni viruslardan keyingi o‘tkir rinosinusiti bo‘lgan 12 yoshdan kichik patsientlarga tayinlash lozimligi tushunarsiz bo‘lib qoladi. EP3OS tavsiyalariga binoan bu faqat tuzli eritmalar bilan nazal dushdir, bu, patsientda yaqqol gipersekresiya va/yoki nazal obstruksiya mavjudligida adekvat davolash bo‘lmasligi yaqqol bo‘ladi [9]. Bolalarda o‘tkir virusli rinosinusitni simptomatik davolash imkoniyatlari haqidagi savol ham javobsiz qoladi. Ko‘pchilik mahalliy mutaxassislar uchun fitoterapevtik dori vositalari kabi shunday preparatlarning sinfida pediatrik amaliyotda o‘tkir rinosinusitni davolash masalasini ko‘rib chiqilishi munozarali bo‘lib qoladi. 

Bolalarda yengil daraja og‘irlikdagi o‘tkir rinosinusitlarni davolashning klinik samaradorligini oshirish maqsadida biz tomonidan klinik kuzatuv olib borilgan, uning davomida davolash sxemasiga bo‘rsiq moyi, efir moylari va levomentol asosidagi "Дыши" qizdiruvchi gelini qo‘llash ham kiritilgan. 

Belgilangan maqsadga erishish uchun biz tomondan quyidagi vazifalar qo‘yildi: kasallik simptomlari dinamikasini baholash, tadqiqot guruhlariga mansub patsientlarda o‘tkir rinosinusit asoratlarini yuzaga kelish tez-tezliklarini aniqlash, ambulator qabul sharoitlarida rinosinusitlarni majmuaviy davolashga patsientlar (ularning ota-onalari) tomonidan bolalar uchun "Дыши" qizdiruvchi gelini samaradorligini va qo‘llash qulayligini baholash tahlili, hamda patsientlar (ularning ota-onalari) tomonidan bolalar uchun "Дыши" qizdiruvchi gelini o‘zlashtirilishini baholashni tahlil qilish (xavfsizlikni baholash), preparatni qo‘llash bilan namoyish etilgan nomaqbul nojo‘ya samaralarni rivojlanish tez-tezligini tahlil qilish. 

Bolalar xarakteristikasi va tadqiqot usullari 

Kuzatuv ostida yengil daraja og‘irlikdagi o‘tkir rinosinusitning klinik-anamnestik belgilari bo‘lgan 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar bo‘lgan, uning davomiyligi kasallanish boshlangan paytdan boshlab ko‘pi bilan 48 soatni tashkil qilgan (ya’ni, tepa nafas olish yo‘llari shilliq qavatlaridan seroz ajratmalar paydo bo‘lishni boshlagan paytdan boshlab). Jami tadqiqotga har birida 30 kishidan ikki guruhga randomizatsiya qilish prinsipiga rioya qilingan holda bo‘lingan 60 kishi (28ta o‘g‘il bola va 32ta qiz bola) kiritilgan. 1-guruh bolalari (3-7 yoshdagi 17ta o‘g‘il bola va 13ta qiz bola, o‘rtacha yosh 4,4 yoshni tashkil qildi) irrigatsion davolashni, viruslarga qarshi vositalarni, zarurat bo‘yicha topik dekongestantlarni kirituvchi standart majmuaviy davolashga qo‘shimcha sifatida bolalar uchun "Дыши" qizdiruvchi gelni olishgan. "Дыши" geli bolaning ko‘krak qafasini va tovonlarini 5 kun davomida kuniga 3 marta ishqalash uchun tayinlangan. 

"Дыши" preparati o‘zi bilan teriga surtish uchun gelni taqdim qilib, uning tarkibiga bo‘rsiq moyi, evkalipt (Eucalyptus Globulus), yalpiz (Mentha Piperita), lavanda (Lavandula Angustifolia), oqqarag‘ay (pixta) (Abies Sibirica) efir moylari, terpentin moyi (Pinus Silvestris) va levomentol kiradi ("AKVION" YOAJ buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqaruvchi "VEDA" MChJ). Faol moddalardan tashqari preparat tarkibiga vazelin moyi, kolloid kremniy dioksidi, vanilin butil efiri kiradi. Teriga surtilishda gel tarkibiga kiruvchi moddalar uzoq muddatli qizdiruvchi va mahalliy qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi. 

2-guruh bolalari (3 yoshdan 7 yoshgacha 11ta o‘g‘il bola va 19ta qiz bola, o‘rtacha yosh 4,7 yosh) standart majmuaviy davolashni olishgan (efir moylari asosidagi boshqa gellarni va surtmalarni qo‘llamasdan). 
Kuzatuv davomida vizual-analog shkalani qo‘llash bilan davolash sxemasini qo‘llash samaradorligi va qulayligini patsientlar (ularning ota-onalari) tomonidan baholanishi tahlili o‘tkazilgan. Klinik samaradorlikni baholash subyektiv ma’lumotlar (burundan nafas olishning qiyinlashishi, burundan ajratmalarning miqdori, yo‘tal kabi shunday ko‘rsatkichlar dinamikasi) va rinoendoskopik tekshiruv (burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanishi) ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan. Preparat o‘zlashtirilishini baholash allergik reaksiyalar va boshqa nojo‘ya samaralar mavjudligi/mavjud emasligi bo‘yicha amalga oshirilgan. Patsientlarning nazorat ko‘riklari birlamchi ko‘rikdan 3, 5 va 10-kunlari o‘tkazilgan. Rinosinusitning subyektiv simptomlarini baholash 10-balli vizual-analog shkalani qo‘llash bilan amalga oshirilgan: 0 ball - simptomlar mavjud emas, 10 ball - simptomning maksimal yaqqolligi. Rinoendoskopik ma’lumotlarni baholash 4-balli shkala bo‘yicha o‘tkazilgan: 0 ball uchun - ushbu simptom mavjud emas, 4 ball - uning maksimal yaqqolligi. Tadqiqotga kiritilgan barcha patsientlar tadqiqotni yakunladi va bayonnoma bilan muvofiq barcha tashriflardan o‘tishdi. Natijalarning statistik ishlov berilishi Statistica v.6.0 dastur yordamida o‘tkazilgan. Farq p < 0,05 da statistik haqqoniy deb hisoblangan. 

Natijalar va muhokama 

Ushbu klinik kuzatuv "Дыши" qizdiruvchi gel bilan majmuada bazaviy davolashni qabul qilgan 1-guruh bolalarida 2-guruh bolalari bilan taqqoslash bo‘yicha yengil daraja og‘irlikdagi o‘tkir rinosinusit simptomlarini ancha tezkor susaytirish kuzatilganligini namoyish qilgan. Ushbu xulosa subyektiv ma’lumotlar, burundan nafas olishning qiyinlishishi, burundan ajratmalarning miqdori, yo‘tal, hamda rinoendoskopik tekshiruv ma’lumotlari - burun bo‘shlig‘ining shilliq qavatini yallig‘lanishi, sekret miqdori kabi shunday ko‘rsatkichlarning dinamikasiga asoslangan. 

Bundan tashqari, klinik kuzatuv davomida 1-guruh bolalarida 2-guruh bolalari bilan taqqoslash bo‘yicha nazal dekongestantlarni qo‘llash zarurati pasayganligi qayd etilgan. Shunday qilib, 1-guruhda nazal dekongestantlarni qo‘llashga faqat 11 (36,7%) bola murojaat qilgan, shu vaqtning o‘zida 2-guruhda bunday zarurat 23 (76,7%) bolalarda paydo bo‘lgan. Kuzatuv vaqtida 1-guruhning 1 bolasida va 2-guruhning 5 bolasida davolash fonida yengil daraja og‘irlikdagi O‘RVI belgilari virusdan keyingi rinosinusitning belgilariga o‘tganligi aniqlangan, bu davolash taktikasini o‘zgartirishga talab qildi.

Klinik kuzatuvning 10-kuniga kelib klinik kuzatuvda ishtirok etgan tadqiqotdan o‘tuvchi guruhning patsientlaridan hech birida nomaqbul nojo‘ya samaralar va allergik reaksiyalarning alomatlari kuzatilmagan. Asosiy (1-) guruhning barcha patsientlari ota-onalari "Дыши" qizdiruvchi gelning dori shaklini va uni qo‘llash sxemasining qulayligini ta’kidlab o‘tdilar. O‘tkazilgan klinik kuzatuvning natijalari majmuaviy davolash tarkibida "Дыши" qizdiruvchi gelining qo‘llanilishi yengil daraja og‘irlikdagi o‘tkir rinosinusitlarni davolashning klinik samaradorligini oshirilishini, davolash muddatlarini qisqartirishga imkon berishi, hamda bolalarda ushbu asoratning yuzaga kelish xavflarini pasaytirilishini ko‘rsatdi. 

Klinik kuzatuvning olingan natijalaridan kelib chiqqan holda, "Дыши" qizdiruvchi gelni qo‘llash bilan majmuaviy davolash fonida o‘tkir rinosinusitning asosiy simptomlarini tez susaytirish dalillarini ta’kidlash mumkin. Davolash sxemasiga "Дыши" qizdiruvchi gelini kiritilishi dekongestantlarni qo‘llash hajmini kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, natijalar "Дыши" qizdiruvchi gelning a’lo darajada o‘zlashtirilishini ko‘rsatdi, "Дыши" gelini qo‘llash fonida o‘zlashtirmaslik yoki allergiyaning hech bir holatlari kuzatilmagan. 

Bugungi kunga to‘plangan ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tilgan preparatni tavsiya qilish imkonini beradi, biroq bolalarda tepa nafas olish yo‘llarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarini davolashda efir moylarini majmuasini kiruvchi dori vositalarining samaradorligini va xavfsizligini keyinchalik o‘rganilishini va istiqbolda klinik tadqiqotlarni o‘tkazilishini davom ettirilishi istisno qilmaydi.

Adabiyotlar 

  1. Karpova Ye.P., Bojatova M.P. Bolalarda O‘RVIni davolashning oqilona usullari. Farmateka 2008; 19: 89–92. (Karpova E.P., Bozhatova M.P. Rational treatment of SARS in children. Farmateka 2008; 19: 89–92.) 
  2. Tulupov D.A., Karpova Ye.P. Bolalarda o‘tkir rinosinusitlarni simptomatik davolashda nazal qon tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni roli haqida. Rossiya rinologiyasi 2011; 2: 50. (Tulupov D.A., Karpova E.P. On the role of nasal vasoconstrictor drugs in the symptomatic treatment of acute rhinosinusitis in children. Rossiya rinologiyasi 2011; 2: 50.) 
  3. Karpova Ye.P., Tulupov D.A. Pediatrik amaliyotda nazal qon tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni qo‘llash xavfsizligi haqida. Ross rinol 2014; 1: 12–14. (Karpova E.P., Tulupov D.A. About safety of nasal decongestant at children. Rossijskaja rinologija 2014; 1: 12–14.) 
  4. Lokshina E.E. Bolalarda o‘tkir respirator kasalliklarni majmuaviy davolash va oldini olishda efir moylari bilan ingalyatsion davolashning zamonaviy imkoniyatlari. Pediatr amaliyoti 2012; 9: 83. (Lokshina Je.Je. Modern possibilities of inhalation therapy with essential oils in treatment and prevention of acute respiratory infections in children. Praktika pediatra 2012; 9: 83.) 
  5. Kolesnikova M. B., Kilina A. V. Uyushgan jamoalarida maktabgacha bolalarda o‘tkir respirator kasalliklarni oldini olishda efir moylarini qo‘llashning samaradorligi. Otorinolaringolog axborotnomasi 2011; 5: 51–54. (Kolesnikova M.B., Kilina A.V. The efficacy of the application of essential oils for the prevention of acute respiratory diseases in organized groups of children. Otorinolaringol axborotnomasi 2011; 5: 51–54.)
  6. Gramann J., Hippeli S., Dornisch K. et al. Antioxidant Properties of Essential Oils, Arzneim. Forsch. Drug Res 2000; 50: 1: 135–139.
  7. Kolosova N.G., Geppe N.A. Pediatrik amaliyotda nebulayzerlar bilan davolash. RMJ 2011; 8: 514–518. (Kolosova N.G., Geppe N.A. Nebulizers therapy in pediatric practice. RMZh 2011; 8: 514–518.)  
  8. Karpova Ye.P., Tulupov D.A. Bolalarda o‘tkir rinosinusitlarni davolashda nebulayzerli davolash imkoniyatlari haqida. Ross otorinolaringol 2013; 65: 4: 160–163. (Karpova E.P., Tulupov D.A. On the possibilities of nebulizer therapy in the treatment of acute rhinosinusitis in children. Ross otorinolaringol 2013; 65: 4: 160–163.)  
  9. Fokkens W., Lund V., Mullol J. et al. European position paper on rhinosinusitis and nasal polyps 2012 (EP3OS). Rhinology 2012; 50: 23: 1–299. 
  10. Ryazansev S.V. O‘tkir sinusitlarni davolashning rossiyalik standartlarini EPOS xalqaro dastur bilan taqqoslanishi. Consilium medicum 2008; 10: 87–90. (Rjazancev S.V. Comparison of Russian standards of the treatment of acute sinusitis with an international program EPOS. Consilium medicum 2008; 10: 87–90.) 
  11. Chernaya N.L., Shubina Ye.V., Ganuzina G.S. va boshqalar Bolalar maktabgacha muassasalari sharoitlarida bolalarni sog‘lomlashtirish uchun aromaterapiyani qo‘llash tajribasi. Pediatriya 2012; 3: 84–90. (Chernaja N.L., Shubina E.V., Ganuzina G.S. et al. Experience of using aromatherapy for the healing of children in preschool institutions. Pediatrija 2012; 3: 84–90.) 
  12. Zayseva S.V., Zastrojina A.K., Belskaya Ye.A. O‘tkir respirator kasalliklarni davolashda va oldini olishda aromaterapiya o‘rni. Qiyin patsient 2015; 13: 1–2: 26–32. (Zajceva S.V., Zastrozhina A.K., Bel’skaja E.A. Aromatherapy in the Treatment and Prevention of Acute Respiratory Diseases. Qiyin patsient 2015; 13: 1–2: 26–32.)
Maqolani ulashing: