Biz bilan bog‘lanish
Biz bilan bog‘lanish

Дыши qizdiruvchi gel komponentlarining foydali xususiyatlari

Levomentol

Levomentol
Levomentol yalpiz moyidan ajratib olinadi. Levomentolning analgetik va spazmolitik xususiyatlari hisobiga shamollash kasalliklarini simptomlarini (bosh og‘rig‘i, tumov) yengillashtirish uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, levomentol antibakterial, yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Bo‘rsiq yog‘i

Bo‘rsiq yog‘i

Mamlakatimizda bo‘rsiq yog‘i bolalarning ko‘krak sohasiga va orqa tomoniga surtish uchun an’anaviy qo‘llaniladi.  Bunday qo‘llashda bo‘rsiq yog‘i surtilgan joydagi qon oqimini faollashtiradi. Natijada terida qanday bo‘lsa, chuqur to‘qimalarda ham xuddi shunday issiqlik almashinuvi yaxshilanadi, shikastlangan to‘qimalarda va a’zolarda yallig‘lanishni kamaytirishga qaratilgan almashinuv-trofik jarayonlarning oqib o‘tishi tezlashadi. Issiqlik almashinuvining o‘zgarishi, shuningdek, immun tizimning ishlashini yaxshilaydi: antitanalar sintezi ortadi, qonda gumoral immunitet komponentlarining miqdori oshadi, organizmdan toksik moddalarni chiqarilishi yaxshilanadi.

 

Shuningdek, bo‘rsiq yog‘ining bolaning ko‘krak qafasiga surtilishi bronxlarning holatiga ijobiy ta’sir qiladi, balg‘am ajratilishi yengillashadi, uning yelimshakligi pasayadi, bronxospazm kamayadi.

Archa moyi

Archa moyi

Archa moyi ingabarglardan va yosh kurtaklardan olinadi. Archa moyi qadim zamonlardan ishlatib kelinadi va bu osongina tushuntiriladi. Uning tarkibi taxminan 35ta faol moddalardan tashkil topgan bo‘lib, ular yallig‘lanishga qarshi, bakteritsid va viruslarga qarshi ta’sirga ega.

 

Ushbu xususiyatlar sharofati bilan archa moyi gripp, shamollash, yo‘tal, bronxitda foydali. Shuningdek, archa moyi markaziy nerv tizimiga ijobiy ta’sir qiladi, mushaklarni yaxshi bo‘shashtiradi, charchoqni oladi va uyquni me’yorlashtiradi.  Archa moyida fitonsidlarning mavjudligi esa uning bug‘larini kasallanish xavfini pasaytirish uchun shamollashlar mavsumida qo‘llash imkonini beradi.

Lavanda moyi

Lavanda moyi
Lavanda moyi ingichka bargli lavandaning gullayotgan to‘pgulidan ajratib olinadi. An’anaga ko‘ra, lavanda moyi parfyumeriya va pazandachilikda qo‘llaniladi, chunki u o‘ziga xos nozik iforga ega. Biroq, ifordan tashqari, lavanda moyida boshqa xususiyatlar ham bor, ularning sharofati bilan u shamollash vaqtida ishlatiladi. Lavanda moyi antiseptik, mikroblarga qarshi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Bug‘lari ichga nafas olinganida burun orqali nafas olish yengillashadi. Lavanda moyini mahalliy qo‘llashda u teri orqali hujayralararo suyuqlikka, limfaga va qonga oson kirib boradi, bunda to‘qimalarda qonning mikroaylanishini kuchaytiradi, shishishni kamaytiradi, balg‘amni suyultiradi va uning chiqarib yuborilishini yaxshilaydi.

Terpentin moyi

Terpentin moyi

Terpentin moyi - tozalangan skipidardan olinuvchi efir moyi. Ishqalashda u terining tashqi qatlamlari orqali oson kirib boradi va qizdiruvchi ta’sirni ko‘rsatib, nerv tolalariga ta’sir qiladi. Shuningdek, terpentin moyi antiseptik, chalg‘ituvchi, qo‘zg‘atuvchi, og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, bu bilan uning shamollash kasalliklarida va haddan tashqari sovib ketishda qo‘llanilishi tushuntiriladi.

 

Levomentol bilan birgalikda qon aylanishini jadalligini oshirib, surtilgan joyga qonning oqib kelishini kuchaytirib va almashinuv jarayonlarini oqib o‘tishini tezlashtirib, qo‘zg‘atuvchi vosita kabi ta’sir qiladi.  Bularning barchasi organizmda yallig‘lanish mediatorlarining jadal parchalanishi va og‘riqning olib tashlanishiga va umumiy holatning yaxshilanishiga yordam beradi. 

Evkalipt va yalpiz efir moylari

Evkalipt va yalpiz efir moylari

Yalpiz moyi

Yalpiz - eng qadimiy dori vositalaridan biri. Ushbu giyohning davolovchi xususiyatlari haqida Gippokrat, Parasels,  Abu Ali ibn Sino yozib qoldirgan. Yalpiz qadim zamonlardan Xitoy va Yaponiyada yetishtirilgan. Yalpiz eramizdan ming yillar avval qurilgan Misr maqbaralarida topilgan.

 

Yalpiz moyi tetiklashtiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, antiseptik, immunomodulyatsiyalovchi va bronxolitik xususiyatlarga ega. U nafas olish tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: nafas olish yo‘llarining miltillovchi epiteliyasi funksiyalarini tiklaydi, bronxlarning spazmlarini yengillashtiradi. Burun-halqum va yuqori nafas olish yo‘llarining yuqumli-yallig‘lanish kasalliklarida yalpiz moyi an’anaviy kuchli antiseptik sifatida qo‘llaniladi Bundan tashqari, yalpiz ifori shamollash kasalliklarida shaxsiy foydali xususiyatlarga ham ega - umumiy holatni yaxshilanishiga yordam beradi: bosh og‘rig‘ini yengillashtirishga yordam beradi, tana haroratini me’yorlashtiradi, noqulaylik hissini bartaraf qiladi.

Evkalipt moyi

Evkalipt moyi ko‘pincha Avstraliyada o‘suvchi doimiy yashil evkalipt daraxtining (Eucalyptus globulus) barglari va yosh novdalaridan olinadi. Evkaliptning 700dan ortiq turlari mavjud bo‘lib, ulardan taxminan 500tasi xushbo‘y moyni beradi.

 

Evkalipt moyi fitonsid, balg‘am ko‘chiruvchi, spazmolitik, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Ayniqsa, evkalipt moyi gripp viruslari ham mansub bo‘lgan respirator viruslarni samarali nobud qiladi. Yaqqol spazmolitik va analgetik xususiyatlar sharofati bilan evkalipt moyi, shuningdek, turlicha kelib chiqishdagi artralgiyalarda va nevralgiyalarda mushaklar og‘rig‘ini susaytirish uchun keng qo‘llaniladi.
"Mutaxassislar" bo‘limi faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun mo‘ljallangan.

Agar siz sog‘liqni saqlash mutaxassisi bo‘lsangiz,
"Kirish" tugmasini bosing.

Agar siz tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi bo‘lmasangiz, saytning boshqa bo‘limlariga,
masalan, «Maqolalarga kiring».