Qizdiruvchi ishqalashlarning foydasi nimada? Ichki organlarning ishini boshqaradigan nervlar terining ba'zi joylaridagi nerv uchlari bilan bog'liq. Shuning uchun terining bu joylarini qizdirish va ozgina bezovtalash xususiyati tegishli organlarda qon aylanishini yaxshilaydi. Masalan, oyoq kafti va panjalarini qizdirilganda burun va tomoqdagi qon aylanishi yaxshilanadi, ko'krak qafasi qizdirilganda esa o'pka sohasida qon oqimi kuchayadi.
Qon aylanishining yaxshilanishi nafas yo'llaridagi shishning pasayishiga olib keladi, tananing himoya kuchlarini oshiradi va shilliq qavatni ishlashini tiklashga yordam beradi. Agar bola oyoqlarini ho'llagan yoki sovib ketgan bo'lsa, unda qizdiruvchi ishqalashlar shamollash xavfini pasaytiradi.
Bolani gel bilan ishqalagandan keyin qo'lingizni yuvishni unutmang.
Diqqat: gel faqat tashqi foydalanish uchun mo'ljallangan. Shilliq qavatlarga surtilmasin. Gelni yutib yubormang. Agar shilliq qavatga tushsa, ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlang. Komponentlarni shaxsiy ko‘tara olmaslikda qo‘llanilmasin.
Ishlab chiqaruvchining yur.manzili: "Veda" MCHJ, RF, 142281, Moskva viloyati, Protvino sh., Lenin ko'chasi, 27-uy, 129-kv. "AKVION" AJ buyurtmasi bo'yicha, 123112, Moskva sh., Presnenskaya nab. ko'chasi, 8–uy, 1-qurilma, 8-qavat, IN-maydoni, 11-xona.